E'lonlar

Kollej tarixi

фасадDavlat soliq qo’mitasining Toshkent soliq kolleji soliq ishi mutaxassislarini ixtisosli tayyorlash tizimini takomillashtirish hamda O’zbekiston Respublikasi davlat soliq xizmatini malakali kadrlar bilan ta’minlash maqsadida, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 14 iyuldagi«O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasining soliq kollejini tashkil etish to’g’risida»gi 298-sonli qaroriga asosan tashkil etilgan.

Mazkur qaror bilan kollejning asosiy vazifalari quyidagilar etib belgilangan:

O’zbekiston Respublikasi davlat soliq xizmatining malakali o’rta bo’g’in kadrlariga bo’lgan ehtiyojini qondirish;

ta’lim oluvchilarning kasb-hunar malaka va ko’nikmalarini chuqur rivojlantirish, ular tomonidan iqtisodiy va huquqiy bilimlar, soliq haqidagi qonunlar, soliq xizmati organlarining nazorat funktsiyalarini amalga oshirish uslubiyoti chuqur o’zlashtirilishini ta’minlash;

davlat ta’lim standartlari doirasida ta’lim oluvchilarning intellektual rivojlanishini, amaliy faoliyat ko’nikmalari va ijodiy qobiliyatlari shakllanishini ta’minlovchi umumta’lim va kasb-hunar dasturlarini amalga oshirish;

O’zbekiston soliq xizmatining an’analarini mustahkamlash va rivojlantirish, kadrlar tayyorlash va tarbiyalashda xorijiy ijobiy tajribani o’rganish va o’zlashtirish;

abiturientlarning sifatli kontingentini shakllantirish maqsadida umumiy o’rta ta’lim muassasalari bilan doimiy aloqani ta’minlash;

respublika soliq xizmati xodimlarini o’qitish va malakasini oshirish tizimini rivojlantirish, davlat soliq xizmati organlari uchun kadrlar tayyorlash sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshirish.

Mazkur ta’lim muassasasining tashkil etilishi Respublikada soliq xizmatini takomillashtirishda, soliq tizimini davlat standartlari darajasida bilim olgan yosh soliqchi kadrlar bilan ta’minlashda asosiy qadam bo’ldi.

O’quvchilarning iqtisodiy va huquqiy bilimlar, zamonaviy kompyuter texnologiyalari bo’yicha ko’nikmalarini shakllantirish, soliq qonunchiligini chuqur o’zlashtirish uchun kollejda barcha shart sharoitlar yaratilgan.

Kollejda o’qish jarayoni kunduzgi shaklda bo’lib, darslar o’zbek va rus tillarida olib boriladi. Respublikaning boshqa hududlaridan o’qishga qabul qilingan o’quvchilar turar joy bilan ta’minlanadi.

O’qish muddati 3 yil va 1 yil soliq xizmati organlarida amaliy ishda sinov davomida «soliqlar va soliqqa tortish», «buxgalteriya hisobi», «Soliq hujjatlarini elektron qayta ishlash» mutaxassisligi bo’yicha nazariy va amaliy bilimlar beriladi.

Kollejda «Iqtisodiy fanlari», «Maxsus fanlar», «Tabiiy va aniq fanlar», «Tilshunoslik», «Ijtimoiy gumanitar va huquqiy fanlar», «Axborotlashtirish va texnik vositalar», «YOshlarni chaqiriqqacha tayyorlash va jismoniy tayyorgarlik» kafedralarining 45ga yaqin professor-o’qituvchilari tomonidan zamonaviy usul va tajribalaridan foydalangan holda ta’lim-tarbiya berib kelinmoqda.

Kollej o’z faoliyati davomida Soliq akademiyasi, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Toshkent moliya instituti, Toshkent islom universiteti kabi oliy ta’lim muassasalari, shuningdek umumta’lim maktablari bilan uzviy hamkorlikni yo’lga qo’ygan.

Yoshlarni moddiy qo’llab-quvvatlash, ma’naviy-ma’rifiy va mafkuraviy jihatdan ongini yuksaltirishga e’tibor qaratish davlatimiz siyosatining ustuvor yo’nalishlaridan biridir.

O’quvchilarning bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazish maqsadida, 1000 dan ortiq o’quvchilar ishtirokida 41 ta fan, sport hamda badiiy havaskorlik to’garaklari faoliyat ko’rsatmoqda.

Shuningdek, yoshlarni vatanparvarlik ruhida o’stirish, sog’lom va barkamol avlod qilib tarbiyalash maqsadida muqaddas ziyoratgohlar, tarixiy obidalar, muzeylarga sayohatlar tashkil etiladi.

Bundan tashqari, yoshlarga milliy mafkurani singdirish maqsadida «Konstitutsiya – qonunchiligimiz poydevori», «Milliy istiqlol g’oyasi», «Tilga e’tibor, elga e’tibor», «Kutubxona bilim manbai», «Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurash kuni», «G’azal mulkining sultoni Alisher Navoiyning beqiyos merosi», «Davlat arbobi, ulug’ sarkarda, sohibqiron Amir Temurning davlat boshqaruvida qo’llagan tamoyillarini o’rganish», «Ayol borki olam munavvar», «Xalq xotirasi oldida bosh egamiz» kabi kitob ko’rgazmalari tashkil qilinadi.

O’quvchilar Davlat ta’lim standartlari doirasida kasb-hunar malakasi va ko’nikmalarini shakllantirish, ular tomonidan iqtisodiy va huquqiy bilimlarni, soliq qonunchiligini chuqur o’zlashtirilishini ta’minlash maqsadida hududiy davlat soliq xizmati organlarida amaliyot o’tashadi.

Kollejning 340 o’rinli O’quvchilar turar joyi binosi oshxona, Axborot resurs markazining filiali, Ma’naviyat va ma’rifat, maishiy xizmat xonalari zarur mebellar bilan jihozlangan.

O’quv auditoriyalari fondi 30 ta nazariy mashg’ulotlar xonasi, 5 ta kompyuter auditoriyasi, 3 ta lingafon sinfi, harbiy, fizika va ximiya o’quv xonalari zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan.

Barcha fanlardan to’garaklar faoliyat ko’rsatib kelmoqda. Mazkur o’quv maskanida 30 mingdan ziyod o’quv va badiiy adabiyotlarga ega bo’lgan kutubxona hamda 70 kishiga mo’ljallab jihozlangan o’quv zali o’quvchilar ixtiyorida. Yoshlarning bilim olishlari uchun kollejda barcha shart-sharoitlar yaratilgan.

Klematis
Klematis
Klematis
Klematis
Klematis
Klematis