baidugoogleaolamazonyahoo.com 9-sinf bitiruvchilari uchun – toshkentsoliq.uz
E'lonlar
Home / 9-sinf bitiruvchilari uchun

9-sinf bitiruvchilari uchun

Kollejga O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 7 iyundagi 109-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Umumta’lim maktablarining 9-sinf bitiruvchilarini o’rta maxsus kasb-hunar ta’limi muassasalariga qabul qilish ko’rsatkichlarini shakllantirish tartibi to’g’risida»gi Nizom asosida umumta’lim maktablarining 9-sinf bitiruvchilari qabul qilinadi.

Mazkur nizomga asosan, kollejga umumta’lim maktablarining 9-sinf bitiruvchilarining quyidagi hujjatlari qabul qilinadi:

  1. Kollej direktori nomiga yozilgan ariza (arizada ta’lim oladigan tili ko’rsatilishi lozim: o’zbek yoki rus tili);
  2. 9-sinfni bitirganligi to’g’risidagi guvohnoma (asl nusxasi);
  3. 086-U shaklda salomatligi to’g’risidagi ma’lumotnoma;
  4. 6 dona 3×4 o’lchamdagi rangli fotosurat (bosh kiyimsiz);
  5. Doimiy yashash joyidan ma’lumotnoma;
  6. Umumta’lim maktablarining 9-sinfini oldingi yillarda tamomlaganlar uchun:

10-11 sinflarda tahsil olmaganligi to’g’risida o’zlari o’qigan maktabdan va mahalla fuqarolar yig’inidan;

o’tgan yillarda o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalariga o’qishga qabul qilinmaganligi to’g’risida Xalq ta’limi vazirligining hududiy boshqarmasidan ma’lumotnoma.

O’qishga kiruvchi tomonidan pasport (tug’ilganligi to’g’risidagi guvohnoma) shaxsan ko’rsatiladi.

Klematis
Klematis
Klematis
Klematis
Klematis
Klematis