baidugoogleaolamazonyahoo.com Axborot resurs markazi – toshkentsoliq.uz
E'lonlar
Home / Axborot resurs markazi

Axborot resurs markazi

Axborot -resurs markazidan foydalanishning qoidalari.

Umumiy qoidalar

1.1. Axborot – resurs markazi (ARM) faoliyati demokratik, insonparvarlik, umumiy foydalanishga qulaylik, umuminsoniy qadriyatlarning ustuvorligi fuqarolilik shaxsning erkin kamol topishining prinsplariga asoslanadi.

1.2. ARMdan foydalanish bepul, ARM tomonidan ko’rsatiladigan pulli xizmatlarning ayrim turlari ro’yxati ular uchun to’lanadigan xaq miqdori qonun xujjatlarida belgilanadi.

  1. ARMning asosiy vazifalari

2.1. Universal axborot resurslarni milliy va chet el nashrlari fondini shakllantirish saqlash va berish.

2.2. Foydalanuvchilarga ARMda hamda mintaqaning  axborot kutubxona markazidagi hujjatlar va boshqa materiallarni olish imkoniyatini yaratadi.

  1. Foydalanuvchilarning huquq va majburuyatlari

3.1. ARMdan foydalanish huquqi mazkur ARM xizmat ko’rsatadigan xududda yashaydigan fuqaroligi, yoshi ijtimoiy va boshqa jixatdan mansubligidan qat’iy nazar barcha axoliga shuningdek korxonalar, tashkilotlar va muassasalarga beriladi. Ushbu xuquq axborot resurslari bilan komplektlashning, axborotlarni, shu jumladan ARMlar aro abonement tizimi orqali berish, shuningdek kutubxona – axborot xizmati ko’rsatishning boshqa shakillari bilan taminlanadi.

3.2. Foydalanuvchilar quyidagi xuquqlarga ega:

ARM fondidan istalgan xujjatlarni vaqtincha foydalanish uchun olish shuningdek mintaqaning ARMdan va boshqa AKM xujjatlarni bosma yoki elektron nusxalarini hujjatlarni elektron vositada etkazib berish tizimi orqali qilish va olish. Bibliorafik ma’lumotnoma axborot xizmatidan xamda ARM tomonidan ko’rsatiladigan xizmatlarning boshqa turlaridan foydalanish. ARM tomonidan o’tkaziladigan axborot ommaviy tadbirlarda qatnashish. ARMni jamoat kengashiga saylash va saylanish.

3.3. Foydalanuvchilar ARMga yozilish uchun tug’ilganlik to’g’risidagi guvoxnoma, pasportni yoki ularni o’rnini bosadigan xujjatni, zarur miqdordagi fotosuratni taqdim etadilar xamda kitobxon biletini va ro’yxatdan o’tkazish varaqasini rasmiylashtirish uchun ma’lumotlar beradilar. Boshqa shaxarlik fuqarolari vaqtinchalik biletini pasportini yoki uni o’rnini bosadigan hujjatlarni ko’rsatgan holda oladilar. Boshqa mamlakat fuqarolari biletni o’z mamlakati pasporti yoki belgilangan tadbirga rasmiylashtirilgan shaxsni tasdiqlovchi boshqa xujjat asosida oladilar.

3.4. Foydalanuvchilarga biryo’la foydalanish uchun beriladigan xujjatlar soni ARM tomonidan yakka holda tartibga solinadi. Noyob va qimmatli nashrlar hamda xujjatlar shuningdek e’lon qilinmagan materiallar foydalanuvchilarga belgilangan tartibda beriladi.

3.5. ARM fondlarida zarur xujjatlar mavjud bo’lmagan taqdirda foydalanuvchilar uning nusxalarini mintaqaning AKMdan olishi mumkin.

3.6. Foydalanuvchilar ARMdan olingan xujjatlarni va boshqa materiallarni extiyot qilishi shart. Foydalanuvchi xujjatlar va materiallarni olishda ularni ko’zdan kechirishi va biron bir nuqson borligi aniqlanganda bu to’g’rida ARM xodimiga malum qilishi kerak.

3.7 ARM fondiga zarar etkazgan shaxslar qonun xujjatlariga muvofiq moddiy jinoiy yoki boshqacha tarzda javob beradilar.

3.8. ARM fondidan olingan xujjatlar va materiallarni yo’qotgan yoxud ularga tiklab bo’lmaydigan darajada ziyon etkazgan foydalanuvchilar ularni tegishli ravishda xuddi shunday yoki ARM xodimlari tomonidan teng qimmatli deb etirof etilgan xujjatlar va materiallar bilan almashtirishni, almashtirish mumkin bo’lmagan taqdirda ularning qiymatini bir necha barobar miqdorda to’lanishi shart. Qiymatining necha barobarda to’lanishi ARM mutaxasislari yoki jalb etilgan mutaxasislar tomonidan yo’qotilgan yoki yaroqsizlantirilgan xujjatlarni qiymatidan kelib chiqqan xolda hamda amaldagi tartibga soluvchi xujjatlarga muvofiq belgilanadi.

3.9. ARMdan foydalanish qoidalarini buzganligi uchun foydalanuvchilar ARMdan foydalanish xuquqidan ARM ma’muriyati tomonidan belgilangan muddatga maxrum qilinishi mumkin.

  1. ARMning foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatish bo’yicha majburiyatlari.

4.1. ARM fondlariga xujjatlar materialarning ularni saqlanishini taminlovchi belgilangan qoidalarga muvofiq xisobga olish saqlash va foydalanishni amalga oshirish ma’lumotnoma bibliografik apparatni, shu jumladan elektron katalogni yuritish  tavsiyanoma tusidagi bibliografik qo’llanmalarni ishlab chiqish

4.2. ARM quyidagilarga majbur:

-foydalanuvchilarni ARM dagi va undan tashqaridagi barcha axborot resurslaridan foydalanish imkoniyati bilan taminlash;

-foydalanuvchilarning istaklarini o’rganish va eng to’liq qondirish;

-spravka bibliografik ma’lumotnoma – axborot xizmati ko’rsatishni takomillashtirish ushbu maqsadlarda foydalanuvchilar bilan yakka tartibda va guruxlar bo’yicha ish olib borishning turli shakllaridan foydalanish

-foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatishda yuksak madaniyat va malakalilikni taminlash zarur xujjatlar va materiallarni qidirib topish va olishda zarur yordam ko’rsatish;

-foydalanuvchilarning qiziqishlari va axborotlarga bo’lgan ehtiyojlarini o’rganish asosida turli  manbalardagi axborot resurslarini bergan xolda tabaqalashtirilgan ARM axborot xizmat ko’rsatishni amalga oshirish;

-zarur axborotni qidirib topishga o’qitishda mustaqillikni amalga oshirish uchun shart-sharoitlar yaratish va mustaqil ravishda ta’lim olish ko’nikmalarini rivojlantirishga ko’maklashish;

-fondlarda zarur xujjatlar va materiallar mavjud bo’lmagan taqdirda ularni qidirib topish ishlarini amalga oshirish xamda ularni ARMlar aro aboniment shu jumladan xalqaro aboniment tizimi orqali taqdim etish;

-ommaviy tadbirlarni yuqori saviyada o’tkazish;

-ARMning ijobiy nufuzini yaratishga ko’maklashish ARM fo’ndlarini va uning tomonidan ko’rsatiladigan xizmatlarni reklama qilish foydalanuvchilarning ehtiyojlarini o’rganish xamda ularning xoxishlariga muvofiq yangi xizmatlarni tashkil etish.

Klematis
Klematis
Klematis
Klematis
Klematis
Klematis