yahoobaidu.comgoogle.comaolamazon Kafedralar – toshkentsoliq.uz
E'lonlar
Home / Kafedralar

Kafedralar

IQTISODIY FANLARI kafedrasi

IQTISODIY FANLARI kafedrasi

iktisodiy fanlarO‘zbekiston Respublikasi Davlat Soliq Qo‘mitasining 2001-yil 10-maydagi « DSQ Toshkent soliq kolleji kafedralarning nomlarini o‘zgartirish haqida»gi 175-sonli buyrug‘iga asosan «Moliya- iqtisod fanlari» kafedrasi «Iqtisodiy fanlar» kafedrasi deb nomlandi.Kafedra o‘qituvchilarining barchasi tanlov asosida ishga qabul qilingan bo‘lib, ko‘p yillik pedagogik ish stajiga ega bo‘lgan kadrlarni tashkil etadi. Toshkent soliq kolleji iqtisodiy yo‘nalishga oid mutaxassislar tayyorlaganligi uchun “Iqtisod fanlari” kafedrasi o‘quv rejasidagi umumkasbiy fanlarni o‘zida jamlab olgan.

Kafedradagi fanlar bozor iqtisodiyotini takomillashtirishga yo‘naltirilgan omillarni inobatga olgan. Kafedra tashabbusi bilan 2005 – yildan boshlab soliq organlarida buxgalteriya hisobini yuritadigan o‘rta malakali mutaxassislar tayyorlana boshlandi. 2008 – yil iyun oyidan boshlab bunday mutaxassislar birinchi qaldirg‘ochlar bo‘lib soliq organlarida faoliyat ko‘rsata boshlaydilar.

Kafedrada iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlashga alohida e’tibor beriladi. Iqtidorli o‘quvchular yordamida “Iqtisod olami” to‘garagidagi numizmatiklar jahondagi 34 mamlakatning 382 nusxadagi pul birliklari va tangalari kolleksiyasini tashkil qildi.

Fan o`qituvchilari tomonidan qo`shimcha dars jadvallari va konsultatsiyalar olib boriladi. Kollej yotoqxonasida “Maishiy turmush tarzi” bo`yicha tadbirlar o`tkazilib boriladi va bunda o`quvchilarga yaqindan turli xil maslahatlar beriladi. Barcha o`qituvchilar tomonidan ma`ruza matnlari zamon talabiga ko`ra yangidan tayyorlangan.

MAXSUS FANLAR kafedrasi

MAXSUS FANLAR kafedrasi

maxsusSoliq kollejining «Maxsus fanlar» kafedrasi 1999-yilda tashkil topgan bo‘lib, Respublika qonunlari, DSQ, Oliy va o‘rta ta’lim vazirligi buyruqlari, ko‘rsatmalari, kollejning «Asosiy tadbirlar rejasi»ga asoslanib tuzilgan yillik va oylik o‘quv rejaga binoan faoliyat yuritadi. O‘quvchilarning nazariy bilimlarini amaliyot bilan chambarchas bog‘lash maqsadida kafedra asosan soliq organlarida ishlab, katta tajriba orttirgan o‘qituvchilardan tashkil topgan.

O‘quvchilarning maxsus fanlarni a’lo darajada o‘zlashtirishlarida soliq qonunchiligiga kiritilgan o‘zgarish va yangiliklarni inobatga olib, o‘qitilayotgan barcha maxsus fanlardan kafedra o‘qituvchilari tomonidan o‘quv qo‘llanma, dastur hamda ma’ruza matnlari muntazam tayyorlanib,o`quvchilar foydalanishi uchun kutubxonaga topshirilgan. Kafedrada doimiy ravishda kafedra boshlig‘i rahbarligida «Soliq siyosati va soliq qonunchiligida yangiliklar va qo‘shimchalar» mavzusiga bag‘ishlangan seminar faoliyat yuritmoqda. Kafedra tomonidan «Kasbiy o‘qish» darslarida kollej jamoasini soliq qonunchiligidagi o‘zgarishlar, sessiya materiallari va farmonlari bilan muntazam ravishda tanishtirib borilmoqda.

O‘quvchilar turar joyida kafedra haftaligi o‘tkazilib, o‘quvchilarga «Kasbim-faxrim», «Ustoz otangdan ulug‘» mavzularida faxriy ustozlar ishtirokida bahs-munozara, davra suhbatlari uyushtirilmoqda. «Homiylar va shifokorlar yili» davlat dasturida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida «Baxt salomatlikdan boshlanadi», «Giyohvandlik‑umr zavoli» kabi mavzularda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar uyushtirilmoqda. «Maxsus fanlar» kafedrasi tomonidan muntazam ravishda soliq qonunchiligiga kiritilgan o‘zgarish va yangiliklar haqida bo‘lajak soliq inspektorlariga keng ma’lumotlar berish maqsadida DSQ, DSI mas’ul xodimlari bilan kollej miqyosida uchrashuv, davra suhbatlari uyushtirilmoqda. Kafedra yig‘ilishlarida kafedrada o‘qitiladigan fanlarning o‘qitilish saviyasini yanada oshirilishiga erishish, soliq qonunchiligidagi o‘zgarishlar va yangiliklarni o‘quvchilar ongiga singdirish, o‘quvchilarni kasbiy bilim, ko‘nikma malakalarini oshirish maqsadida o‘zaro fikr almashish, uslubiy tavsiyalar berib, soliq va soliqqa tortish masalalari bo‘yicha (xorijiy mamlakatlar soliq tizimlari bo‘yicha) internet orqali olingan yangiliklar hisobiga boyitilgan ma’ruza matnlar muhokama qilinadi.

Fanlardan dars berish jarayonida g‘oyaviy tarbiya, soliq siyosati va istiqlol mafkurasining mohiyatlari o‘quvchilar ongiga singdirib borilmoqda. Kafedrada doimiy ravishda kafedra boshlig‘i rahbarligida «Soliq siyosati va soliq qonunchiligida yangiliklar va qo‘shimchalar» mavzusiga bag‘ishlangan seminar faoliyat yuritmoqda. Kafedra tashkil etilgan davrdan boshlab shu bugunga qadar kafedra o’qituvchilari bitiruv davlat imtihonlarida faol ishtirok etib kelmoqdalar.

TABIIY VA ANIQ FANLAR kafedrasi

TABIIY VA ANIQ FANLAR kafedrasi

aniq va tabiiy fanlar“Tabiiy va aniq fanlar” kafedrasi 2005 – 2006 o`quv yilida “Umumta’lim fanlar” kafedrasidan ajralib chiqdi. Kafedrada umumta’lim fanlaridan matematika, fizika, kimyo, biologiya, amaliy geografiya fanlari o’qitiladi. Bugungi kunga kelib, kafedrada 12 ta fan o`qituvchisi va 2 ta soatbay o`qituvchi faoliyat ko`rsatmoqda. O`quv ishlari bilan birgalikda kafedrada “Yosh matematik”, “Yosh fizik”, “Yosh biolog”, “Yosh kimyogar”, “Qiziqarli geografiya” to`garaklari faoliyat yuritmoqda. To`garaklarga jami 200 dan ortiq o`quvchilar jalb etilgan. Fizika, kimyo darslari maxsus jihozlanglan fan kabinetlarida zamonaviy texnika vositalari orqali olib boriladi. O`quvchilarning madaniy dam olish, hordiq chiqarishlarini tashkil etish, astronomiya, biologiya fizika fanlariga bo`lgan qiziqishlarini uyg`otish, yoshlarimizni har tomonlama dunyoqarashini shakllantirish uchun barcha sharoitlar mavjud. O`quvchilar bilan birgalikda Toshkent shahar Planetariyasiga, Toshkent botanika bog`lariga ekskursiyalar tashkil etiladi. Kafedra o`qituvchilari kollej o`quvchilari bilan birga “Aljbr qanday qilib algebraga aylangan”, “Kataklizmalar va ekologik muammolar”, “O`zbekistonning foydali qazilmalari”, “Oqsillarning inson hayotidagi roli”, “Ekologiya – bizning kelajagimiz”, “Yoshlar va atrof muhit” mavzularida konferensiya, uslubiy seminarlar va boshqa tadbirlar o`tkazishadi. Fan o`qituvchilari innovatsion pedagogik texnologiyalarni qo`llab dars olib boradilar.

 

TILLAR kafedrasi

TILLAR kafedrasi

tillar kafedrasi“Tillar” kafedrasi 2005-06 o‘quv yilida “Umumta’lim fanlar” kafedrasi tarkibidan ajralib chiqib , o`z faoliyatini mustaqil tarzda yo‘lga qo‘ydi.. Kafedrada quyidagi fanlar o‘qitiladi: Ona tili va adabiyoti, rus tili va adabiyoti, (rus guruhlari uchun) o‘zbek guruhlarda rus tili, rus guruhlarda o‘zbek tili, xorijiy tillardan ingliz hamda nemis tili. Kafedrada malakali o‘qituvchilar konkurs asosida tanlab olinadi. Bugungi kunda “Tillar” kafedrasida malakali mutaxassis o‘qituvchilar hamda o‘z ishiga ishtiyoq va mas’uliyat bilan qaraydigan guruh murabbiylari faoliyat yuritib keladi.

Kafedrada fan kabinetlari, ya’ni lingafon xonalari mavjud bo‘lib, unda o`qituvchilar darslarni samarali va mazmunli tashkil etishda yangi ped texnologiyalarni qo‘llaydi. Bundan tashqari fanlarni mustahkam o‘zlashtirish va tillarni chuqur o‘rganish maqsadida kafedrada 13 ta fan to‘garagi bo‘lib, to‘garak a’zolarini barcha bosqich o‘quvchilari tashkil etadi. Ushbu to‘garaklarning asosiy maqsadi – o‘quvchilarni ona tili va xorijiy tillarga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish.

Kafedra ingliz tili o‘qituvchilari tomonidan “ Английский язык для бизнесменов ”, iqtisod yo‘nalishidagi mutaxassislar tayyorlovchi kollejlar uchun ingliz tilidan o‘quv qo‘llanmalari nashr etilgan. Ushbu o‘quv qo‘llanmadan kollejdagi o‘quvchilarning bilim saviyalarini oshirish maqsadida foydalanadilar.

Ulg‘ayib kelayotgan avlodni Vatanga muhabbat, istiqlol g‘oyalari va umumbashariy qadriyatlarga sadoqat ruhida tarbiyalash, kelajak egalari ong-shuuriga vatanparvarlik tuyg‘usini chuqur singdirish maqsadida doimiy ravishda kafedra o‘qituvchilari va guruh murabbiylari tomonidan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar uyushtiriladi. Xususan, yil davomidagi an’anaviy bayramlardan – Til bayrami, navoiyxonlik va boburxonlik ijodiy kechalari shular jumlasidandir.

Kafedra o`qituvchilari tomonidan bir qancha o`quv uslubiy qo`llanmalar chop etilgan. O’quvchilarning bo’sh vaqtidan unumli foydalanishlari hamda ularni o’zlari qiziqqan mashg’ulotlari bilan band qilish maqsadida bir qator to`garaklar tashkil etilgan. Jumladan: Ona tili va adabiyoti fanidan “Adabiyotshunoslik”, rus tili fanidan “Pravilno li mi govorim po russkiy”, “Mi izuchayem russkiy yazik”, ingliz tili fanidan “English club”, kollej qizlari uchun “So`rang, javob beramiz” kabi fan to’garaklari ish olib bormoqda.

AXBOROTLASHTIRISH VA TEXNIK VOSITALARI kafedrasi

AXBOROTLASHTIRISH VA TEXNIK VOSITALARI kafedrasi

axborotlashtirish“AXBOROTLASHTIRISH VA TEXNIK VOSITALARI” kafedrasi 1998 yilda tashkil etilgan. 2004-2005 o’quv yilidan boshlab kafedra “EHM va kompyuter tarmoqlarini soliq idoralarida ishlatish” ixtisosligi bo’yicha mutaxassislar tayyorlay boshladi. Kafedrada 10 nafar o’qituvchi faoliyat ko’rsatib, ular soliq xizmatining unvonlariga ega. O’qituvchilardan ikkitasi fan nomzodlari. Kafedra Toshkentdagi Soliq akademiyasi, Iqtisodiyot Universiteti, Bank-moliya akademiyasi, Axborot-texnologiyalari Universiteti, Moliya instituti, Fargona soliq kollejining turdosh kafedralari bilan o’zaro hamkorlik shartnomalarini tuzgan. Kafedrada ta’lim berish jarayoni pedagogik hamda zamonaviy axborot texnologiyalari uygunligi yordamida amalga oshiriladi. Bo’lgusi mutaxassis o’z sohasi uchun zarur bo’lgan ko’nikma va malakaga ta’lim jarayonida qo’llaniladigan axborot – kommunikasiya texnologiyalari orqali ega bo’ladi. Kafedra qoshida to’rtta kompyuter xonasi mavjud bo’lib, har bir kompyuter xonasi soliq tizimidagi har bir bo’gin kabi ma’lumotlar bazasi bilan ishlashga imkon beruvchi yagona mahalliy tarmoqqa ulangan, shu bilan birgalikda har bir xona ham o’zining axborot makoniga ega. O’quvchilar bu axborot makoni yordamida, o’zlari kelajakda ishlaydigan soliq inspeksiyalarining mahalliy hisoblash tarmogining ishlash tamoyillari, soliq tizimidagi axborotlarni ishlash va tahlil qilishning yagona kompyuter tizimida qo’llaniladigan dasturiy mahsullar bilan ishlash malakasiga ega buladilar Shu bilan birgalikda, ular, kollejdagi mavjud kompyuter tizimi bilan global axborot makonini tashkil etishga imkon beruvchi yagona ierarxik tizim – davlat soliq qo’mitasining telekommunikasiya tizimi o’rtasida yo’ldosh aloqa orqali o’zaro ma’lumot almashinishini o’rganadilar.

YOSHLARNI CHAQIRIQQACHA TAYYORLASH VA JISMONIY TAYYORGARLIK kafedrasi

YOSHLARNI CHAQIRIQQACHA TAYYORLASH VA JISMONIY TAYYORGARLIK kafedrasi

jismoniy tarbiya“Yoshlarni chaqiriqqacha tayyorgarlik va jismoniy tarbiya” kafedrasi 2003 yil 1 sentyabrdan boshlab faoliyat ko’rsatib kelyapti. Kafedrada “Yoshlarni chaqiriqqacha tayyorlash”, “Avtomobil tayyorgarlik” va “Jismoniy tarbiya” fanlari bo’yicha darslar olib borilmoqda. “Yoshlarni chaqiriqqacha tayyorlash”, “Chaqriqqa qadar tayyorgarlik rahbari” darslari olib borishmoqda. Kafedrada “YoChT” va “Fuqaro muhofazasi” sinflari hozirgi zamon talabiga ko’ra jihozlangan va darslar olib borilmoqda. Darslarda kompyuterdan, multimedia va kadaskoplarda keng foydalanib kelinmoqda. Bu ko’rgazmali qurollar fanni chuqur va sifatli o’zlashtirishga yordam beradi. Otish tayyorgarligida pnevmatik miltiqdan otish usullarini amalda o’rgatib borilmoqda. Darslar hozirgi zamon talabiga ko’ra moslashgan sport zalida olib boriladi. Mashg’ulotlardan tashqari quyidagi sport turlaridan to’garaklar faoliyat ko’rsatib kelmoqda.

  1. Futbol
  2. Basketbol
  3. Stol tennisi
  4. Milliy kurash
  5. Qo’l jangi

Sport to’garaklaridan tashqari sog’lomlashtirish guruhlari tuzilgan. Bu guruhlarda o’qituvchilar va o’quvchilar muntazam holda shug’ullanib kelishmoqda. Alohida mavjud bo’lgan trenajyor zalida o’qituvchi va o’quvchilar mashg’ulotlardan tashqari va dam olish kunlari shug’ullanishadi. Kollej o’quvchilari “Barkamol avlod” va “Shunqorlar” sport musobaqalarida, Respublika Davlat Soliq Qo’mitasining maxsus soliq kollejlari orasida o’tkaziladigan spartakiadalarida faol qatnashib faxrli o’rinlarni egallab kelishmoqda. Kollejda “Balli yigitlar”, “Balli qizlar” va har xil sport musobaqalari o’tkazilib kelinmoqda va ularda o’quvchi yigitlar va qizlarimiz qatnashib kelishmoqda.Bundan tashqari , ta’lim muassasamizning o’quvchilari kollejlar va litseylar orasida har yili o’ tkaziladigan “ Barkamol avlod ” nomli musobaqalarda qatnashib faxrli o ‘ rinlarni egallashmoqda .

Hozirgi vaqtda “Yoshlarni chaqiriqqacha tayyorlash va Jismoniy tarbiya” kafedrasida YoChT rahbari O.Diyarov, Jismoniy tarbiya rahbari v.b R.Rasulov va 2ta o’qituvchi, Jismoniy tarbiya bosh o’qituvchisi I.X.Alimbekov, YoChT o’qituvchisi I.Xusainovlar asosiy ish jadvaliga binoan faoliyat ko’rsatib kelmoqdalar.

         O’zbekiston Respublikasi DSQ Toshkent soliq kollejidagi kafedralar to’g’risidagi “Nizom” va o’rta ma’lumot negizida soliq kolleji mutaxassislar tayyorlash uchun o’quv reja asosida “Yoshlarni chaqiriqqacha tayyorlash va Jismoniy tarbiya” kafedrasining o’quv yili davomida 3180 soat o’quv yuklamasi rejalashtirilgan.

                   Dars o’tish jarayonida osiyo, yevropa, jahon musobaqalari, olimpiyada o’yinlari haqida ma’lumotlar, musobaqalarda qatnashayotgan o’zbek va jahon sportchilari haqida ham muntazam ravishda ma’lumotlar berib boriladi.

         Toshkent soliq kollejida o’quvchilarni jismoniy tarbiya va sportga bo’lgan qiziqishini yanada oshirish, ularni har tomonlama yetuk, barkamol avlod sifatida kamol toptirish uchun shart-sharoitlar yaratilgan bo’lib, futbol, stol tennisi, basketbol, voleybol, shaxmat, bodi bilding(chiroyli tana ko’rinishi) hamda badminton sport turlari bo’yicha to’garak mashg’ulotlari faoliyat ko’rsatib kelmoqda.

         Sport to’garak mashg’ulotlarga jami 296 nafar o’quvchi-yoshlar jalb qilingan, shulardan 71 nafarini qizlar tashkil etadi.

Bundan tashqari kollej o’quvchilarini sportga bo’lgan qiziqishlarini oshirish va ommaviyligini kuchaytirish maqsadida o’quvchi yoshlarni bo’sh vaqtlarida hamda har haftaning yakshanba kunida ommaviy sport mashg’ulotlari tashkil etilgan.

O’qituvchilar uchun har xaftaning chorshanba va payshanba kunlari soat 15:00 dan 17:00 ga qadar sportning shaxmat-shashka, basketbol, voleybol,       mini-futbol, stol tennis, bodi bilding (chiroyli tana ko’rinishi) turlari bo’yicha mashg’ulotlar tashkil etilgan.

.

Ўқувчилар ўртасида “Тинчлик учун курашмоқ керак” (Все мы должны бороться за Мир!) мавзусида Махалла фаоллари, жамоат ташкилот вакиллари, ҳарбий хизматчилар ва Қуролли кучлар фахрийлари иштирокида тадбирлар ташкил этиш ҳамда Ватан химоячилари кунига бағишланган тадбирларни ўтказиш учун коллежнинг ишчи гуруҳи ишлаб чиқилди.

Ҳарбий хизматчилар ва Қуролли Кучлар фахрийлари иштирокида “Авлодлар учрашуви” “Эъзоз” “Эҳтиром” “Армия – Мустақиллигимиз ва эркинлигимиз кафолатидир” “Ҳарбий хизмат – шарафлидир” “Ватанпарварликни чинакам эътиқодга айлантирайлик” “Армия – халқимиз қалби” “Миллий армиямиз – ғуруримиз, ифтиҳоримиз” мавзуларида слайдлар, хужжатли фильмлар, кўргазмали воситалардан фойдаланган холда давра сухбатлари, учрашувлар, семинарлар ва 3-босқич ўқувчилари билан Тошкент олий умумқўшин қўмондонлик билим юртига экскурсия уюштирилди ва гуруҳларда маънавият соатлари утказилди.

Ватанни химоя қилиш – ҳарбий хизматчининг ватанпарварлик бурчидир” “Ватанимиз тинчлиги ва ҳавфсизлиги – ўз куч қудратимизга, ҳалқимизнинг хамжиҳатлиги ва букилмас иродасига боғлиқ” “Хушёрлик ва сергаклик замон талаби” Ўзбекистон Республикаси Қуролли Кучлари – юрт тинчлиги ва ҳавфсизлиги кафолатидир” мавзуларида 2-3 босқич ўқувчилари ўртасида деворий газеталар танлови, мустақил ишлар танлови, ўтказилиб тарғибот тадбирлари ташкил этилди.

 

IJTIMOIY GUMANITAR VA HUQUQIY FANLAR kafedrasi

IJTIMOIY GUMANITAR VA HUQUQIY FANLAR kafedrasi

  ijtimoiy va gumanitar   Kafedra 1998 yil 14 iyul kuni tashkil etildi. 1998 yildan 2004 yilga qadar kollejda 2 ta kafedra faoliyat olib borgan: Ijtimoiy – gumanitar kafedrasi va huquqiy fanlar kafedrasi. 2004 yilda bu ikki kafedra birlashib yagona ijtimoiy – gumanitar va huquqiy fanlar kafedrasi tashkil etildi. Kafedraning  fan dasturlarini ishlab chiqishda kafedra bosh o`qituvchisi  A.Nafasovning xizmati katta. Na’munaviy o’quv dasturlari asosida ishchi o’quv dasturlari, taqvimiy-mavzu rejalari va o’quv komplekslari ishlab chiqildi.

 Kafedrada o`tiladigan fanlar umumta`lim hamda maxsus fanlardan iborat. Umumta`lim fanlarga tarix, ma’naviyat asoslari, shaxs va jamiyat, dinshunoslik, O`zbekiston Konstitutsiyasi ,  Milliy istiqlol g’oyasi fanlari kiradi. Kafedrada o‘tiladigan huquqiy fanlar:  soliq huquqi, huquq asoslari, ma’muriy amaliyotni tashkil etish,  huquqshunoslik fanlaridir. Umumkasbiy fanlardan kasb etikasi, estetuka, oila psixologiyasi  fanlari o’tiladi. Kafedra professor –oqituvchilari Respublikamizda o’tkaziladigan ilmiy-amaliy konferensiyalarda muntazam ishtirok etib boradi. Poytaxtimizda joylashgan muzeylar va Oliy xo’jalik sudida sayyor darslar ham tashkil etib borilmoqda.

       O`quv – ishlari bilan birgalikda kafedrada o`qituvchilar tomonidan fan to`garaklari ham faoliyat olib borilmoqda. Bir necha yillardan beri olib boriluvchi «Yosh huquqshunos» va «Yosh tarixchi» fan to`garaklari qatoriga  «Temuriy shaxzodalar»,  ”Moziyga sayohat” fan to`garaglari qo`shildi.

 

 

Klematis
Klematis
Klematis
Klematis
Klematis
Klematis