baidugoogleaolamazonyahoo.com Ogoh bo’ling – toshkentsoliq.uz
E'lonlar
Home / O’quvchilar uchun / Ogoh bo’ling

Ogoh bo’ling

Asr vabosi

Asr vabosi

Giyohvandlik — insonlarning narkotik moddalarga o’rganib qolishi, ruju ko’yishi yoki ayrim sintetik dori vositalarini surunkali iste’mol qilishi natijasida kelib chiqadigan kasallik holatidir.

Giyohvandlik omilini kelib chikdshiga 2 ta omil sabab bo’ladi:

Birinchi omil — vrach buyurgan dorilarni, ya’ni bemorga og’riq uyqusizlik va boshqa dardlardan xalos qiluvchi dori vositalarini uzoq vaqt va noto’g’ri qabul qilishi oqibatida, dorining narkotik ta’siri ortib, giyohvand moddaga moyilligi ortadi. Bunday dori vositalari tarkibida kodein, mor¬fin, kofein, kokain va boqщa moddalar bo’ladi.

Ikkinchi omil — kayf qinish maqsadida giyohvand vositalarini bevosita qabul qilinishi oqibatida.

Giyohvandlikka odatda irodasi kuchsiz, o’zini tiya olmaydigan, qiziquvchan, ruxan zaif va o’ta xudbin insonlar beriluvchan bo’ladi. Ayniqsa, bu illat yoshlarni o’z domiga tortayotgani barchamizni tashvishga soladi. Chunki o’quvchi, talaba yoshlar har narsaga qiziquvchan, aynikra, bir-biridan ko’rgan, eshitgan narsalariga taqlid qilish yoki ularga ergashishni yoqtirishi bo’lsa, ikkinchi tomondan yoshlar tarbiyasidagi nuqson va kamchiliklar, oiladagi noxush sharoit, giyoxvand moddalarning oson topilishi giyohvandlikka sabab bo’lishi mumkin. Yoshlar giyohvand moddalarni tatib ko’rishlarining birinchi martasida qiziqarli va jozibali ko’rinib, ularga o’zgacha “lazzat” bag’ishlaydi. Ming afsuslar bo’lsinki, surunkali giyoxvand moddalar ta’siridan tubsiz choxga tushib, uning changalidan qutilishni bilolmaydilar. Chun¬ki giyoxvand moddalarga qaramlik kishinnng barcha xolatlariga salbiy ta’sir ko’rsatib, ularni shaxs sifatida jamiyatda o’z o’rniga ega bo’lishiga yul ko’ymaydi. Giyohvandlar bu xumorni qondirish uchun har safar giyohvand modda miqdorini oshirib borishga va usiz turolmaslikka bog’lanib qoladi. Giyohvandlikka chalinganlarda avval ruxiy o’zgarishlar — tajanglik, kayfiyat buzilishi, xotira pasayishi, og’iz qurishi, ozib ketish, qo’l-oyoqning titrashi va boshqa o’zgarishlar kuzatilib, giyohvand vositaga xumorlik (Absti¬nensiya) sindromi paydo bo’ladi. Giyohvand moddalarning inson organizmiga ko’rsatadigan salbiy ta’siri xususiyatlariga ko’ra 2 turga ajratish mum¬kin.

  1. Organizm va miyada modda almashinuvini keskin kuchaytiruvchi giyoxvand vositalar.
  2. Yurak qon-tomir kasalliklariga olib keluvchi giyohvand vositalar. Bunday vositalar yurak urishi ritmini buzishiga, arterial qon bosimining oshishiga, insonda yot faoliyatini ta’minlovchi energiya zaxirasining kamayishiga, yurak muskullarida distrofiya kuzatilishiga, infarkt va insult xastaligiga olib keladi. Bunday toifadagi giyohvandlar odamlar ichida yashashni xush ko’rmaydilar, ularning ruxiyati keskin pasayib, og’ir depressiya, tushkunlikka tushish, psixoz holatlar, kolit xastaligi, uzini uzi o’ldirish talvasasiga duchor bo’lib, ko’p hollarda o’zlarini osib qo’yadilar. Giyodvandlar ichida qabul qiladigan giyoxvand vositasini turiga qarab, opiomaniya — afyun qabul qiluvchi, morfinizm — morfin qabul qiluvchi geroinizm — geroin qabul qiluvchi, nashavandlik, kokainizm — kokain qabul qiluvchi, nikotinizm — tamakiga ruju qo’yuvchi, teizm — achchiq choyga (chefir) ruju qo’yuvchi va boshqa turlari uchraydi. Bular ichida giyoxvandlikning geroinizm turi oxirgi yillarda juda keng va fojiali tarzda tarqalib bormoqda. Giyohvand vositalarining turiga, ta’sir xususiyatiga va soniga qarab, giyohvandlikni quyidagi turlarga oshirish mumkin.

Toksikomaniya — giyohvandlikning bu turida kokain yoki yengil uchuvchan kimyoviy moddalarni xidlash, sinte¬tik dori vositalarini surunkali ichish, quyuq damlangan choyni (chefir- ni) kabul qiluvchilar kiradi.

Politoksikomaniya — giyoxvandlikning bu turiga ikki va undan ortiq giyoxvand vositalarini qabul qiluvchi¬lar kiradi. Masalan, alkogolizm va nikotinizm, nikotinizm va nasha¬vandlik, morfinizm va alkogolizm, kokainizm va nashavandlik va boshqa turlari kiradi. Giyoqvandlikning bu turida insonning abstinent sindromlari murakkab kechib, kli¬nik jixatlari organizmni I zaxarlanishi natijasida o’ziga xos belgilar yuzaga chiqadi. Bulardan tashqari qaddi-qomatdagi xunuklik, harakatlanishdagi gangishlik, psixoz, galyutsinatsiya, komatoz xolatlar, o’zini o’zi o’ldirishi xolatlari paydo bo’ladi.

Narkomaniya — giyoxvandlikning bu turi og’ir xastalik bo’lib, bunda insonning narkotik vositalarga: kokain, ge¬roin, marixuanna, sintetik  kayf beruvchi dori vositalarga moyillik tufayli kayf oluvchilar kiradi.

Nolinarkomaniya — ikki va undan ortik, xil giyoxvand vositasining su¬runkali qabul qiluvchilar kiradi.

Giyohvandlikning barcha turlarida insonlar uzlarining odamiylik Qisfasini yo’qotib, mexrlik qiyofasidan ayriladi, ruxiy tushkunlikka tushadi, kasb-koridan ayriladi, nima qilishni bilmay kayf beruvchi har qanday giyohvand vositasini topish ilinjida o’g’irlik, qarokchilik, xatto odam o’ldirishgacha bo’lgan jinoyatlarni sodir qilib, baxtsizlikka uchraydi. Shuningdek, uning miyasidagi ruxiy buzilishlar, jismoniy kuchsizlanishlar kaytib joyiga tushmaydi. Achinarli va xavflisi giyoxvandni uzi va uning oilasidagilar ushbu xolatga qarshi kurashishda ko’pincha kech qolgan bo’ladilar.

Statistik ma’lumotlarga ko’ra, giyohvand moddalarga qaram insonlar 4-5 yildan oshiq umr ko’rmaydilar. Ularning ko’pchiligi giyohvand modda¬larning iste’mol miqdorini oshi¬rib yuborishdan (peredozirovka) halok bo’lishadi. Sababi organizmda giyohvand moddaning ta’sir kuchi tugasa, yana xumor tutadi va nashavandning a’zoi badani chidab bo’lmas darajada qaqshab og’riydi. Bu og’riq tananing xar bir hujayrasida uchraydi. Xuddi suyaklar sinib, paylar uzilib ketayotgandek bo’ladi va bu og’riklarning oxiri o’lim bilan yakun topadi.

Shunday ekan, farzandlar tarbiyasiga e’tiborli bo’lish, giyohvandlik balosining oldini olish, unga qalqon bo’lish uchun axoli o’rtasida, ayniqsa, yoshlar orasida giyohvandlikka qarshi targ’ibot-tashviqot ishlarini olib borish va bu ishlarga barchamiz mas’ul ekanligimizni esdan chiqarmasligimiz darkor.

Diniy ekstremizm

Diniy ekstremizm

Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash har birimizning burchimizdir

XX asrning ikkinchi yarmida xalqaro miqyosda o’zini baralla namoyon etayotgan xatarli voqeliklardan biri, shubhasiz, diniy ekstremizm va undan oziqlanayotgan hamda diniy shiorlar bilan niqoblangan terrorizmdir. Bugungi kunga kelib, rnazkur xatar shu qadar keng ko’lam va xilma-xil ko’rinishlar kasb etmoqdaki, odamlar, ko’pincha, unga e’tiborsiz hatto, loqayd bo’lib qolmoqdalar. Boshqacha aytganda, «diniy ekstremizm» va «xalqaro terrorizm» degan tushunchalar hayotiy voqelikning ajralmas qismidek qabul qilinmoqda. Bu — nihoyatda achinarli hoi, albatta.

Xo’sh, nega bunday bo’lmoqda, degan savol tug’iladi.

Sababi — XIX asrning oxirlarida saltanat sohiblari va davlat arboblariga qarshi qurolli hujumlar shaklida paydo bo’lgan siyosiy terrorizmni bugun har qadamda uchratish mumkin. XX asrning 60-yillaridan boshlab, dunyoning butun-butun mintaqalari turli-tuman terrorchilik tashkilotlarining o’chog’iga aylana boshladi. Ma’lumotlarga ko’ra, bugungi dunyoda 500 ga yaqin terrorchilik tashkilotlari faoliyat ko’rsatmoqda. 1968-1980-yillar davomida ular 6700 ga yaqin terrorchilik amaliyotini sodiretdilar. Natijada 3668 kishi halok bo’lib, 7474 kishi turli jarohatlar olgan. Zamonaviy terrorizmning ikkita alohida xatarli belgisini ajratib ko’rsatish mumkin: bir tomondan, u tobora shafqatsizroq g’ayriinsoniy mohiyat, ikkinchi tomondan, aqlga sig’dirish qiyin jug’rofiy ko’lamlar kasb etib bormoqda. AQSH Davlat departamentining ma’lumotlariga ko’ra, hozirda dunyoda har yili 650 dan ortiq bunday hodisalar sodir etilmoqda. Bu degani – har kuni dunyoning u yoki bu burchagida kimlarnidir qo’rquvga solish orqali muayyan maqsadlarga erishishni ko’zlagan, kamida ikkita qo’poruvchilik amalga oshirilmoqda. Xatarli jihati shundaki, ularning soni

muntazam oshib bormoqda. Masalan, 1992-yilda ana shunday noxush voqealarning umumiy soni 362 tani tashkil etgan bo’lsa, bugungi kunga kelib 600 dan oshib ketdi.

Shiddat bilan chuqurlashib borayotgan dunyoning globallashuvi, sodda qilib aytganda, unda kechayotgan jarayonlar deyarli barcha mamlakatlarni qariyb birdek qamrab olayotgani bu kabi g’ayriinsoniy harakatlarning xatarli oqibatlarini jiddiy oshirmoqda. Ekstremizm va terrorizm odamlarning ertangi kunga bo’lgan ishonchiga putur yetkazibgina qolmasdan, balki xalqaro miqyosdagi muammolarni, jumladan, turli diniy e’tiqod vakillari bo’lgan xalqlar, hattoki, sivilizatsiyalar orasidagi o’zaro ishonchga soya tashlamoqda, jahontaraqqiyotining tamal toshi bo’lgan xalqaro iqtisodiy va madaniy ham-korlikning rivojlanishiga tosiq bo’lmoqda.

Ekspertlarning fikricha, dunyoda faoliyat ko’rsatayotgan terror-chilik tashkilotlarining yuzdan oshigM eng zamonaviy qurollar bilan yaxshi ta’minlangan yirik uyushmalardan iborat. Ular turli qo’poruvchiliklarni sodir etish jarayonida o’zaro hamkorlik qiladilar, ma’lumotlar almashadilar, zarur hollarda, bir-birlariga harbiy, moliyaviy va boshqa shakldagi yordamni ko’rsatadilar. Shunday tashkilotlarning eng yiriklari qatoriga «al-Qoida», «al-Jihod al-Islomiy», «at-Takfir val-Hijra», «Hizbulloh», «XAMAS» (Falastin islomiy qarshilikharakati), «AbuSayyof» (Filippin), «Ozod Achex» va «Lashkari jihod» (Indoneziya), «Qurolli islomiy harakat» (Jazoir) kabilarni kiritish mumkin. Oxirgi yillarda xalqaro miqyosda amal qilayotgan yana bir islomiy tashkilot – «Hizb at-tahrir al-islomiy»ning faoliyati asosli ravishda dunyoning turli mamlakatlaridagi terrorchilik amaliyotlarni sodir etganlikda ko’rilmoqda.

Masalaning yana bir taassufli jihati shundaki, diniy liboslarga o’ralgan terrorchi tashkilotlarning mutlaq ko’pchiligi muqaddas islom dinini o’ziga niqob qilib olgan.

Dinni qurol qilib olgan bunday ekstremistik harakatlar bugun umuman kishilik jamiyati hayotiga jiddiy tahdid solmoqda deyish mumkin. Shuning uchun, bugun, siyosatshunoslikda «jamiyatning diniy xavfsizligi» degan yangi tushuncha shakllanmoqda. Mutaxassislar din niqobi ostida sodir etilayotgan terrorchilik harakatlarining asl mohiyatini ifoda etuvchi ilmiy mezonlarni qidirmoqdalar. Huquqiy

mazmun va mohiyatga ega ana shunday atamalardan biri sifatida «diniy-siyosiy ter-rorizm» tushunchasidan foydalanish va uning xalqaro miqyosda e’tirof etilishiga da’vat etmoqdalar.

Bayon etilganlarni nazarda tutib fikr yuritilsa, mustaqillik qo’lga kiritilgandan beri mamlakatimiz va xalqimizning oromini buzib kelayotgan qo’poruvchilik xurujlari, jumladan, 2004-yilning mart— aprel va iyul oylarida sodir etilgan voqealar keng ko’lamli xalqaro terrorchilik tuzilmasining navbatdagi kirdikorlaridan biri ekaniga hech qanday shubha qolmaydi. Dunyoning eng xavfli terrorchi guruhlari qatoriga kiritilgan, «O’zbekiston islomiy harakati»ning O’zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, AQSH va Isroil dav-latlari elchixonalariga qarshi uyushtirilgan qo’poruvchiliklar uchun mas’uliyatni o’z zimmasiga olgani maxsus xizmatlar va keng jamo-atchilikni chalgitishga urinishdan boshqa narsa emas. Ushbu qo’poruvchi tashkilotning bosh homiysi Usoma bin Lodin asos solgan «al-Qoida» nomli dunyodagi eng yirik terrorchi tashkilot va uning sheriklari «al-Jihod al-islomiy», «al-Muhojirun», «Hizbut-tahrir» kabi diniy ekstremistik tuzilmalar ekani, xalqaro miqyosda amalga oshirilayotgan keng ko’lamli qo’poruvchiliklarning uzviy qismi ekaniga yana bir dalildir.

Diniy ekstremizmning yoshlar dunyosi uchun xavfi. Mutaxassis­lar fikricha, islomiy ekstremizm va u bilan bog’liq terrorizm dunyoning 15 dan ortiq mamlakatlariga alohida tahdid solmoqda. Yer kurrasining turli qifalarida joylashgan bunday mamlakatlarni shartli tarzdabir necha guruhga bo’lish mumkin.

Birinchi guruhga mansub Shimoliy Afrikadajoylashgan ayrim arab mamlakatlari, jumladan, eng katta arab davlati bo’lgan Misr Arab Respublikasi uchun diniy ekstremizm bilan bog’liq terrorchilik harakatlari haqiqiy muammoga aylandi. 1970-1980-yillarda bunday jarayon Tunisni qamrab oldi.

Mazkur mintaqada joylashgan yana bir arab davlati Jazoirdagi diniy ekstremistik tashkilotlarning qo’poruvchilik faoliyati tufayli o’n minglab begunoh insonlar halok bo’lgan bo’lsa, radikal islomchilar hokimiyatni boshqarayotgan Sudanda mana ocn yildan oshiqroq vaqtdan beri ichki ijtimoiy-siyosiy barqarorlik mutlaqo izdan chiqqan, Darfur

mintaqasi esa bugungi dunyoning eng fojiali nuqtalaridan biriga aylandi. Ustiga-ustak, ushbu mamlakat hududi turli xildagi terrorchi unsurlar to’pla-nayotgan va harbiy tayyorgarlikdan o’tayotgan o’nlab jangarilar uyalari amal qilayotgan xatarli joyga aylandi.

Ikkinchi guruhga Osiyo qif asida joylashgan yana bir necha arab davlatlarini kiritish mumkin. Turli-tuman siyosiy, iqtisodiy va diniy-mafkuraviy sabablarga ko’ra, Falastin hududlari, Iroq Respublikasi diniy ekstremizm bilan bog’liq terrorchilik harakatlaridan katta talafot ko’rmoqda. Saudiya Arabistoni Podshohligida ham terrorizm o’zining mudhish qiyofasini namoyon etmoqda. Vaziyatning keskinlashib ketishi diniy arboblarning aksilterror siyosatini faol qo’llab-quvvatlashga jalb qilinishiga olib kelmoqda. Xususan, 2003-yilning fevralida Saudiya Arabistoni ulamolar Kengashi Podshohlikdagi chet el fuqarolariga hujum qilishni taqiqlovchi fatvo chiqardi. Unda chet elliklarga «kofir» deb qarash islom tamoyillariga mutlaqo zid ekani ta’kidlanadi

Diniy ekstremistik faoliyatning uchinchi o’chog’i Janubi-Sharqiy Osiyo mintaqasida joylashgan deyish mumkin. Ushbu xatarning olovli nafasi, ayniqsa, Pokiston, Indoneziya, Malayziya hamda Hindiston va Fili ppinning ayrim hududlaridao’zining halokatli oqibatlarini namoyon etmoqda. Boshqacha aytganda, qadim-qadimlardan buddaviylik, hinduiylik, islom va boshqa dinlarga e’tiqod qiluvchilar tinch-totuv yashab kelgan ulkan hududda ham ekstremizmning qo’poruvchilik salohiyati o’zini ko’rsatmoqda.

Klematis
Klematis
Klematis
Klematis
Klematis
Klematis